Malayziya U-23 bosh murabbiyi: "Janubiy Koreya kuchli raqib ekani aniq edi"

  • 3 iyun, 2022, 16:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya U-23 hamda Malayziya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda koreyaliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Malayziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bred Meloney bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Janubiy Koreya kuchli raqib ekani aniq edi. Ular chempionlikni himoya qilayotgani ham bejizga emas. 

Biz qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Shunday bo‘ldi ham. Yigitlardan bundan ortiq narsa kutishim adolatdan bo‘lmasdi. Ular oxirigacha kurashdi va ikkita goldan keyin amaldagi chempionlarga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  

Kuchli jamoalarga qarshi kichik xatolar ham kechirilmaydi. Koreyaliklar kamchiliklarimizdan juda unumli foydalandi va bizni 4 ta gol bilan jazoladi", - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!