
Malasiya: "Mashg‘ulotlardagi g‘ayratni endi maydonga ko‘chirish vaqti keldi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Tayrell Malasiya Angliya chempionatining 17-turi doirasidagi "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha, biz uchun uch ochkoni qo‘lga kiritish va o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish juda muhim edi. Jamoada ko‘proq ochko qo‘lga kiritish uchun etarlicha barcha sifatlar mavjud, o‘yinimizni yaxshilashda davom etamiz.
Mashg‘ulotlardagi g‘ayratni endi maydonga ko‘chirish vaqti keldi. Imkoniyatlar yaratishda har kimning o‘z vazifasi bor, men hujumga yordam berishda davom etaman", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Nottingem" esa 13 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar