Maksim Shatskix "Paxtakor" klubidagi muammolar haqida gapirdi

  • 29 sentabr, 2023, 11:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 20-turida o‘z uyida OKMK bilan durang o‘ynagan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix durang, Hamraliev va Cheranning yo‘qligi, inqiroz va raqiblar kuchi haqida fikr bildirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- O‘ylashimcha, bugun ancha qiziqarli va muxlislarga manzur keladigan o‘yin bo‘ldi. Bizning muammoimiz – raqiblarga o‘zimiz gol urish uchun imkon berayapmiz. O‘zimiz muammolar yaratib keyin uni engishga majbur bo‘lyapmiz. Boshqacha o‘ynashni bilmaymiz shekilli. Futbolchilar maksimal tarzda harakat qilishdi. Ularning harakatlariga e’tiroz yo‘q. O‘yinning dastlabki daqiqalaridan boshlab shijoat bilan o‘ynashdi. Engil g‘alaba bizga yoqmayapti, albatta, qiynalishimiz kerakka o‘xshaydi.

Hamraliev, albatta, biz uchun bilinadigan yo‘qotish. Uning yoshlar termasiga chaqirilishi kutilmagan muammolarni keltirib chiqardi. Uning ketishini kechroq eshitdim. Qolaversa, u hozir ajoyib formaga kirib olgandi. Mavsum qizigan pallada ketishi, bizga etarli muammo keltirib chiqardi.

Inqiroz? Bu fikrga umuman qo‘shilmaymn. Qaerda inqiroz? Ha, so‘nggi ikki o‘yinda to‘rt ochko yo‘qotdik. Ammo, kimlarga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotdik? “So‘g‘diyona” kuchsiz raqibmi? OKMK kuchsizmi? Xatolar bor, ayniqsa himoyada. Ammo, hozir oson o‘yinning o‘zi yo‘q.

Cheran jarohati tufayli maydonga tushmadi. Saudiyaga, OChL o‘yiniga ham bora olmasa kerak. Shifokorlarimiz tez fursatlarda uni tuzatib safga qaytarishlariga umid qilaman.

Sanjar Quvvatovga e’tirozlar bo‘lishi g‘alati. U jamoamizni bugun ham, avvalgi o‘yinlarda ham ancha qutqardi. Muqarrar gollardan asradi. To‘g‘ri, qaerdadir xato qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo, kerakli vaziyatlarda yordam berayapti. Raqobat bo‘lgani, albatta, yaxshi. Xorijlik darvozabonni shuning uchun olib kelganmiz. Hali unda ham imkoniyat bo‘ladi, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!