Maksim Shatskix: "Lokomotiv"ning "Navbahor"ga qarshi ham bugungidek zo‘r o‘ynashiga ishonaman"
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun haqli ravishda g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. Menimcha, ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik. Birinchi taymda faollik va samaradorlik ko‘proq kuzatildi. Ikkinchi bo‘limda esa ongli ravishda tashabbusni raqibga berdik. Dastlabki 45 daqiqalikda raqib jamoa yarim maydonida bir nechta holatlar sodir etdik. Futbolchimiz birga-bir vaziyatga chiqib borganda, raqib posboni qutqardi. Mavsum oxiri hamisha birinchi darajaga chiqadi.
Hozirda "Lokomotiv" qiyin ahvolda. Ularning bunday katta kuch bilan hujumga tashlanishi tabiiy. Shu bois, "Loko"ning "Navbahor"ga qarshi ham bugungidek zo‘r o‘ynashiga ishonaman.
Jamoamning jismoniy holati yaxshi darajada. Natija borasida shunday bosim bo‘lishi mumkin. Bizning xato qilishga haqqimiz yo‘q. Turnir jadvalidan kelib chiqib, autsayder yoki autsayder bo‘lmagan jamoa sifatida qarash kerak emas, hozir barcha futbol o‘ynashni o‘rgangan. 90 daqiqa davomida pressing qilish imkonsiz, bunday jamoa yo‘q va bo‘lmaydi ham. Futbolchilar bizning aytganimizni bajarishdi. Bizning o‘z taktikalarimiz, ishlanmalarimiz bor, qisqa vaqt ichida yigitlarga yangi narsani o‘rgatib bo‘lmaydi. Futbolchilar bugun biz bergan vazifalarni bajarishdi. Bugun men hech qanday ulkan muammoni ko‘rmadim".
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati



Fikrlar