
Maksim Shatskix Abbos Fayzullaevning TsSKAga o‘tishi, yangi transferlar va boshqa mavzularda fikr bildirdi
O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Yigitlarni olqishlab o‘tishni xohlardim. Ular jismonan va taktik tarafdan o‘yin oxirigacha o‘zlarini ko‘rsatishdi. Biz odatda muammo yaratib, keyin uni engib o‘tamiz. Raqibdan ko‘proq vaziyatlarni yuzaga keltirdik.
Hamraliev yosh o‘yinchi, bunday xatolar uchrab turadi. Sovuqqonlikni saqlagan holda o‘ynashni o‘rganib borishi kerak.
Transferlar oynasida o‘zimizga zarur futbolchilarni jalb qildik. Fayzullaev o‘rniga o‘yinchi topishga ulgurmaymiz. Uning istalgan payt ketib qolishiga men tayyor edim. U shunday qarorga keldi. Bu Abbosning shaxsiy tanlovi. U aqlli va tezkor futbolchi, o‘z o‘rnini topib ketadi.
Yangi kelib qo‘shilganlar raqobat ortishiga yordam berishadi. Bu barcha uchun foydali bo‘ladi",-deydi 44 yoshli mutaxassis.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar