
Mak Allister uchun kurashga yana bir grand jamoa qo‘shildi
Turinning "Yuventus" klubi "Brayton" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterni sotib olmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italyan klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchining Qatardagi jahon chempionatidagi o‘yinidan qoniqish hosil qilgan. 24 yoshli yarim himoyachi 2020 yilning yanvaridan beri "Brayton"da to‘p tepadi, ingliz klubi bilan shartnoma 2025 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Mak Allister "Brayton" safida barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra futbolchining narxi 42 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar