Mahbuslar Dani Alvesni qamoqda qiynayapti

  • 10 may, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dani Alves zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etayotgani bois Kataloniya qamoqxonalaridan birida saqlanmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, mashhur yulduz mahbuslar tomonidan tahqirlanayotgan ekan.

Tecno

Jurnalistlar braziliyalik o‘yinchi bilan bir xonada turgan mahbuslar bilan muloqot qilib, ulardan Alvesning hayotiga haqida ma’lumot oldi.

Aytilishicha, Dani Alves ozib ketgan va holdan toygani ko‘rinib turibdi.

- Dani qaerga kirishi bilan hamma “ana Alves, bu Alves!”, deb baqiradi. Oshxonaga kiradigan bo‘lsa, hamma mahbuslar idishini taqillatib, “Zo‘ravon”, deb haqorat qilishadi, - deydi mahbuslardan biri Marca nashriga.

Dani Alves tungi klubda bir qizni zo‘rlagani uchun yanvar oyidan beri hibsda taqlanmoqda. Unga 12 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!