Maguayr: Hatto Messi va Ronaldu ham tanqid qilinadi

  • 11 oktabr, 2023, 17:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Maguayr hattoki Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu tanqidga uchrashi haqida gapirdi. 

"Manchester Yunayted" himoyachisi so‘nggi paytlarda o‘ziga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarga javob qaytardi. 

"Angliya terma jamaosida o‘ynagan yillarim davomida ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldim. O‘tgan yil yoki undan avvalgi yillar o‘xshamagan bo‘lishi mumkin. Biroq undan oldingi besh yil ichida men juda ko‘p ijobiy fikrlarga duch keldim. 

Bu futbol va siz har doim ham yuqori saviyada o‘ynashda davom eta olmaysiz. Agar dunyodagi eng zo‘ri bo‘lmasangiz, bu normal holat. Shunday bo‘lsa-da, hatto Messi va Ronaldu ham ba’zan tanqid qilinadi. 

O‘tgan yili ishlar joyidagidek bo‘lmadi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, hammasi o‘z joyiga qaytadi. Karera uzoq safar. Ko‘p yuksalishlar, pasayishlar, ehtimol, qulash sodir bo‘lgandir. Biroq men o‘z darajamga qaytishga harakat qilyapman", - dedi Maguayr. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!