
Maguayr: "Faqat Messi va Ronaldu faoliyatida pasayish bo‘lmasligi mumkin. Ammo bizda emas"
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayr omadsiz mavsum o‘tkazayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Terma jamoa va klubda turlicha bosim bor, demagan bo‘lardim. Hozir Vatan uchun harakat qilishimiz kerak. Bu sayyoradagi eng katta turnir.
MYuda men ko‘proq nazorat ostidaman. Har bir harakatim tahlil qilinadi. Biz o‘tkazib yuborgan har bir gol himoyachilarning, ya’ni bizning xatomiz sanaladi.
Jamoada hamma etarlicha yaxshi o‘yin namoyish eta olmadi. Mavsum yakunida hech kimni alohida e’tirof etishmayotgandi. Menimcha, futbolda faqat Messi va Ronaldu faoliyatida pasayish kuzatilmagan. Biroq bizda bunday bo‘lmaydi", - dedi Maguayr.
Fikrlar