Magomed Ankalaevning keyingi jangi qachon?
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC sobiq chempioni Magomed Ankalaevning menejeri Ali Abdelaziz rossiyalikning navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Magomed o‘zini yaxshi his qilmoqda va men uni keyingi iyun oyida ko‘ramiz, deb o‘ylayman. U yana chempion bo‘ladi, men bunga shubha qilmayman. Mazkur diviziondagi yigitlarning hech biri unga tenglasha olmaydi. Ochig‘ini aytish kerak: Ankalaev Aleks Perreyra bilan jarohatlangan holda jang qilgandi. Biroq keyingi safar barchasi boshqacha bo‘ladi", - dedi taniqli menejer.
Eslatib o‘tamiz, Magomed "UFC 320" turnirida Perreyraga qarshi revansh o‘tkazib, 1-raunddayoq texnik nokautga uchragan edi.



Fikrlar