
Magomed Ankalaev: "Birinchi daqiqadanoq Aleks Perreyrani nokaut qilishga intilaman”
Taniqli MMA jangchisi Magomed Ankalaev (19-1-1-1 N/C) yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Perreyra(12-2)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
“O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi. Men jangga tayyorman. Aleksning yuzini "to‘g‘irlab qo‘yaman". Birinchi daqiqadanoq uni nokaut qilishga intilaman” — deb yozdi rossiyalik ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Perreyra va Ankalaev o‘rtasidagi to‘qnashuv 9 mart kuni "UFC 313" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar