
Magnus Karlsen rossiyalik Nepomnyashiyga qarshi o‘yin o‘tkazishdan bosh tortdi
Magnus Karlsen shaxmat toji uchun Yan Nepomnyashiyga qarshi o‘yin o‘tkazishdan bosh tortdi.
Norvegiyalik sportchi o‘z qarorini motivatsiya yo‘qligi bilan izohlagan. Magnus agar frantsiyalik Alireza Firuzja unga raqib bo‘lmasa, chempionlik unvonini himoya qilishdan bosh tortishi mumkinligini allaqachon ma’lum qilgandi.
Endi reglament bo‘yicha Yan nomzodlar turnirida ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchiga qarshi dona surishi lozim. Bu xitoylik Din Lijen bo‘lishi mumkin. Ammo Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) hozircha buni rasman e’lon qilmadi.
Ma’lumot uchun, Karlsen va Nepomnyashiy o‘tgan yili Jahon chempioni unvoni uchun bahs olib borgan. O‘shanda Magnus 7,5:3,5 hisobida g‘alaba qozongandi.
Fikrlar