Mag‘lubiyatga uchragan "Rostov" kubokni tark etdi. Eldor Shomurodovda...
Hozirgina Rossiya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Spartak" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yinda Yordan Larsson dublga erishib, jamoasini keyingi bosqich sari etakladi. Rostovliklar esa bahs oxirida hamyurtimiz Eldor Shomurodovning gollik pasi evaziga bitta gol urishdi. Ammo bu mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun etarli bo‘lmadi. Shu tariqa, «Spatrak» chorak finalga yo‘l oldi.
Rossiya kubogi. 1/8 final
«SPARTAK» — «ROSTOV» 2:1
Gollar: Yordan Larsson (43, 59) — Dolgov (86).
"Spartak": Maksimenko, Ayrton (Rasskazov, 87), Kutepov, Djikiya, Jigo, Bakaev, Zobnin (Melgarexo, 74), Umyarov, Kral, Ponse (Shyurrle, 77), Larsson.
"Rostov": Pesyakov, Vilyush (Dolgov, 75), Vedernikov, Chistyakov, Xadjikadunich, Zaynutdinov, Popov (Bayramyan, 67), Saplinov, Glebov, Logashov, Sigurdarson (Shomurodov, 71).
Ogohlantirishlar: Ponse (28), Ayrton (45), Zaynutdinov (53), Djikiya (73).



Fikrlar