Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Argentina va Angliya turnirni tark etdi

  • 1 iyun, 2023, 07:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinada davom etayotgan U-20 Jahon chempionatining nimchorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Argentina Nigeriyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Italiya Angliyani taslim qildi. 

Tecno

Argentina - Nigeriya uchrashuvida 61-daqiqaga kelib, Muhammad hisobni ochdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Sarki oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Shu tariqa, Argentina o‘z yurishini nimchorak finaldan tugatdi. Maskerano shogirdlari O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olib, barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib kelayotgandi.

Angliya - Italiya uchrashuvining 8-daqiqasida Baldanzi jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Devayn imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Kasadei g‘alaba golini urib ketdi. 

Chorak finalga o‘tgan Italiya keyingi bosqichda Kolumbiyaga qarshi, Nigeriya esa Ekvador - Janubiy Koreya to‘qnashuvining g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!