
Madrimovning fikricha, dunyoning kuchli 3 bokschisi!
O‘smirlar o‘rtasida o‘rta vaznda (69.9 kg) WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni hamyurtimiz Isroil Mardimov, o‘z talqiniga ko‘ra, dunyoning eng kuchli bokschisi nomini aytdi.
"Menimcha, Inoue, Krouford va Usik ayni damda eng kuchli bokschilar. Ularning barchasi ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan. Har biri jangdan jangga o‘zgarib, o‘zining sport formasini ajoyib tarzda namoyon qiladi. Shuningdek, Dmitriy Bivol ham kuchlilar qatorida", - dedi Isroil Madrimov.
Ma’lumot o‘rnida, Madrimov sanab o‘tgan har uchala bokschi ikki vazn toifafsida mutlaq jahon chempioni. Inoue birinchi (48.9 kg) va ikkinchi (55.3kg) engil vazn toifalarida, Krouford birinchi yarim o‘rta vazn (63 kg) va yarim o‘rta vazn (66 kg) toifalarida, Oleksandr Usik birinchi og‘ir vazn toifasi (90.7 kg) va super og‘ir (+95 kg) vazn toifalarida mutlaq jahon chempioni.
Madrimov uch hamyurtimiz bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov o‘zining ilk himoya jangiga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Mashg‘ulotlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati, Indio shahrida davom etmoqda.
E’tiborlisi, Isroil Madrimovga mashg‘ulotlarda hamyurtlarimiz Murodjon Ahmadaliev, Bektemir Meliqo‘ziev va Botir Ahmedov ham yordam beryapti.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 3 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar