Madridliklar Marsyal uchun eng qimmat o‘yinchisidan voz kechishga tayyor

  • 18 dekabr, 2021, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daily Mirror nashri “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi kutilayotgani haqida yozmoqda.

Tecno

Avvalroq, frantsiyalik futbolchiga “Barselona” jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Endi “Atletiko” manchesterliklar asosiy tarkibiga kira olmayotgan o‘yinchiga imkon berishga tayyorligi aytilmoqda.

Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeonening Marsyalga qiziayotgani bejiz emas. Jamoaning eng qimmatbaho futbolchisi Aleks Felishga bir necha baquvvat klublardan jiddiy takliflar bo‘lyapti. “Atletiko” uni qo‘yib yuborishga tayyor. Marsyal esa portugaliyalik hujumkor futbolchining o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.

“Manchester Yunayted” hali ikki yillik shartnomasi bor hujumchini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!