Madrid derbisida "Real" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
La Liga 17-turidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" o‘yini yakuniga etdi. "Qaymoqranglilar" ushbu o‘yinni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Dastlab, 16-daqiqada Benzema hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida Asensio oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "qirollik klubi" ochkolari sonini 42 taga etkazgan holda, Ispaniya chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 29 ochkoga ega Simeone shogirdlari 4-pog‘onani band etgan.



Fikrlar