
Maddalenaning murabbiyi: "Islom Maxachevni nokautga uchratish mumkin, agar..."
UFC chempioni Jek Della Maddalenaning murabbiyi Ben Vickers rossiyalik Islom Maxachevning zaif tomoni haqida gapirdi.
"O‘ylashimcha, Islomning jag‘i Belal Muhammadnikidek mustahkam emas. Bu Maxachevning zaif jihati! Agar Jek raqibning jag‘iga zarba bera olsa, u nokautga uchrashi mumkin. Dellada ajoyib kardio va favqulodda kuch bor", — dedi Vickers "Submission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar