Lyov sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 18 noyabr, 2020, 11:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Millatlar Ligasi doirasida Ispaniyadan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat(6:0) haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Hozir biror narsani tushuntirish qiyin. Hammasi noto‘g‘ri ketdi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Ammo ispanlar yaxshiroq, tezroq va aniqroq o‘ynadi. Qora kun. Biz imkoniyat topolmadik.

Myuller, Boateng va Xummelsni termaga qaytarish? Men qo‘l ostimdagi futbolchilarga ishonaman va to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni avval ham aytganman. Bugun so‘nggi o‘yinlarda umuman rivojlanishdan to‘xtab qolganligimizni angladim. Albatta, men buning echimini izlayman. Bu mening burchim".

Ma’lumot uchun, nemislar 89 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!