Lyaport sobiq klubiga qaytdi

  • 12 sentabr, 00:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar oynasining so‘nggi kunlarida "Atletik" sobiq futbolchisi Emerik Lyaportni ortga qaytarishga harakat qildi. Tomonlar kelishuvga erishgan, lekin vaqt etmay qolgani haqida xabarlar chiqqandi. Ma’lum bo‘lishicha, FIFAga apelatsiya berilgan va bu o‘zini oqladi. Ushbu transferga rozilik berili. 

Tecno

"Atletik" Lyaport bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. U La Liga ro‘yxatidan o‘tdi. Shuningdek, Chempionlar ligasida ham harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. 

Rasm

Emerik bilan 3 yillik bitim tuzildi. U 2018 yili "basklar" safini tark etgandi. Shundan keyin futbolchi "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi. U erdan esa "An-Nasr" tomon yo‘l oldi. 

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Lyaportni 2018 yili 65 million evroga sotib olgandi. Oradan 7 yil o‘tib, "Atletik" uni 10 million evroga xarid qildi. 

Manchester City v West Bromwich Albion - Premier League

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!