Lutfulla To‘raevning "mashhur finti", syurprizlar orasidagi Jamshid Iskanderov va boshqalar haqida - Davron Fayziev

  • 9 oktabr, 2019, 14:55
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining oxirgi sonida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar orasidagi kutilmagan nomlar borasida so‘z yuritildi. Unda ko‘rsatuv eksperti, O‘FA matbuot xizmati rahbati Davron Fayziev yig‘inda yig‘inda ishtirok etgan Lutfulla To‘raev, Akbar Ismatullaev va Jamshid Iskanderov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, taniqli sharhlovchi o‘zi uchun ham ular orasidan Iskanderovning terma jamoaga jalb etilishi syurpriz ekanligini tan oldi.

4861570110120

Davron Fayziev terma jamoada Abramov o‘zgartirgan jihatlar va Kuper qattiqo‘llik qilgan holatlar haqida gapirdi

- Tarkibga jalb etilgan kutilmagan futbolchi? Yashirishning hojati yo‘q, hammaning e’tibori Lutfulla To‘raevda bo‘ldi. U misol uchun terma jamoada o‘ynamagan bo‘lsa ham mayli ekan, faqat Abramov paytida tarkibga jalb etilgan bo‘lsa ham mayli ekan. Mirjalol Qosimov davrida To‘raev asosiy tarkibda maydonga tushardi. To‘g‘ri, orada uning faoliyatida pasayish bo‘ldi. Hozir u 31 yoshda. Ronaldu, Messi, Modrich kabi futbolchilar Lutfulladan katta. Ya’ni yosh jihatdan olib qaraganda, bunaqa yoshdagi futbolchilarning terma jamoada to‘p tepishi normal holat. Zinedin Zidan 30 yoshlar atrofida ochilgan. Uning nega yoshini gapirishmoqda, o‘yinini gapirishsin.

Lutfulla To‘raevni muxlislar nega qabul qila olmadi? Bunga uning mashxur finti sababmi?

- Uning to‘pni tepib yuborayotgan paytdagi holati internetda aylandi. O‘sha harakatni o‘xshata olmagani uchun To‘raev ishqibozlar ko‘z o‘ngida qoldi. Bu bor gap. Qolaversa, ko‘rinishidan yoshiga nisbatan balki kattaroq ko‘rinar. Orada terma jamoada o‘ynamagan paytlari inobatga olingandir. Lekin u ayni paytda “Bunyodkor”da ijobiy tomondan gavdalanmoqda.

Hamma murabbiylarda bo‘lgani kabi Abramovda ham bitta bahsli futbolchilar bo‘la qolsin. Chunki futbol tarixida terma jamoaga chaqirilganlar orasida nega uni emas, buni jalb etildi degan savollar doim uchragan.

Akbar Ismatullaev?

- “Metallurg”da sardor, liderlik hususiyatlari bor, maydonda jangchi. Vadim Abramovda doim universallar bo‘lgan. Misol uchun, qaysidir pozitsiyani yopib ketadigan futbolchi bo‘lishi mumkin deb o‘ylayapman. Ya’ni qaysi chiziqqa qo‘yilsa, shu erda o‘ynab ketadi.

9961570544263

Jamshid Iskanderov?

- To‘g‘ri, o‘zim uchun ham kutilmagan futbolchi terma jamoaga chaqirilishi bo‘yicha. Chunki hatto Igor Sergeevning ham ruhiy tomondan o‘zini tiklashi men uchun syurpriz bo‘lmadi. Segreevda qandaydir jangchilik hususiyatlari, harakter bor. Lekin Jamshid Iskanderovni men hotirjam bola sifatida tasavvur qilaman va uning qaytishi syurpriz bo‘ldi. Qaytishi yomon emas. Negaki o‘smirlar, yoshlar terma jamoasida etakchilik qilgan. Bo‘lajak Mirjalol Qosimov va Server Jeparov sifatida qaralgan. Biroq olimpiya terma jamoamizda qoqildi, shundan keyin pasayib ketdi. “Paxtakor”da ham xatolarga yo‘l qo‘ydi, terma jamoada ham shu holat kuzatildi hamda natijalari salbiy ko‘rinish oldi. Iskanderov o‘zini tiklay olarmikin, shu holatni engib o‘tishga harakteri etarmikin deb o‘ylagandim. To‘g‘ri, “Lokomotiv”da foydali o‘yin ko‘rsatdi. Lekin terma jamoaga jalb etilishini kutmagandim. Aytishim mumkinki, Lutfulla To‘raev va Akbar Ismatullaevdan ham ko‘ra men uchun Jamshid Iskanderovning chaqirilishi kutilmagan holat bo‘ldi.

9121570110120

U iste’dodli, yarim himoyaning O‘zbekistondagi eng mahoratli vakillaridan biri. Biroq ruhiyatida ozgina o‘zgarish bo‘ldi. Unga ishonch pasaydi. Mashg‘ulotlarda qanchalik zo‘r ishladi buni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rmagunimcha ayta olmayman. Bakli munosabati o‘zgargandir, buni murabbiy ham sezgandir va terma jamoaga chaqirdi, - dedi Davron Fayziev.

Eslatib o‘tamiz, Lutfulla To‘raev terma jamoa yig‘ini tark etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Vadim Abramov yakuniy tarkibga To‘raevni kiritmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
09/10/2019 15:15
лутфулла финтни йиртиб қўйгандида ўзиям
Hakimbek Odiljonov
09/10/2019 22:20
Sardor Rashidovni ham qaytadan kashf qilsin aytinglar iltimos. Sardor eng yaxshi o'yinchilardan......
&
Ramzis ll
09/10/2019 16:04
Agar haqiqatdan ham Lutfulla 31 yoshda bo'lsa unda men 16 yoshda ekanman.
&
Surxon turon
09/10/2019 15:02
Абрамов искендеровди қайта кашф қилади холи кӯрасилар