
Lukich qachon maydonga qaytadi?
Xabaringiz bor, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Coca Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvining 11-daqiqasida "lochinlar"ning serbiyalik himoyachisi Slavko Lukich jarohat olgan va shifoxonaga olib ketilgandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha shu kuni Lukichning oyog‘iga gips qo‘yildi. Ayni paytda tajribali himoyachi Serbiyaga jo‘nab ketgan hamda uyida jarohatidan davolanmoqda.
Slavko Lukichning qachon maydonga qaytishi ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirishi shubhasiz. Ma’lum bo‘lishicha, Lukich jarohatidan bir oyda forig‘ bo‘ladi. Shundan so‘ng, u yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tashi mumkin.
Fikrlar
U xam yangi uylangan axir.