
Lukas Ernandes dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi
Xabaringiz bor kecha “Bavariya” 80 mln evro evaziga “Atletiko” himoyachisi Lukas Ernandes bilan kelishuvga erishgani haqida rasman e’lon qilgan edi.
E’tiborlisi, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi shu tariqa tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Ayni damda dunyoning eng qimmat himoyachilar beshligi:
1. Lukas Ernandes ("Bavariya") - 80 million evro
2. Virjil van Deyk ("Liverpul") - 78 million evro
3. Benjamen Mendi ("Manchester Siti") - 57,5 million evro
4. Jon Stounz ("Manchester Siti") - 55,6 million evro
5. Kayl Uoker ("Manchester Siti") - 51 million evro
Eslatib o‘tamiz, Ernendes shuningdek “Bavariya” tarixidagi eng qimmat transferga ham aylandi.
Fikrlar