
Lukaku nega MYudan ketmoqchi?
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli belgiyalik futbolchiga “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher undan qanday foydalanayotgani yoqmayapti. Lukakuga esa "Inter"dan yaxshigina takliflar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar