
Lukaku navbatdagi bahsda ham Belgiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi
Belgiya terma jamoasi forvardi Romelu Lukaku Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Kiprga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Terma jamoa matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra MYu futbolchisining oyog‘ida jarohati bor.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku kuni kecha bo‘lib o‘tgan Rossiya (3:1) qarshi o‘yinda ham ishtirok etmagan edi.
Ma’lumot uchun, Kipr – Belgiya bahsi 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar