Lukaku "Napoli"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 22 avgust, 2024, 05:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan Romelu Lukaku faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin turibdi. Tez orada "Napoli" uni o‘ safiga qo‘shib olishi mumkin. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida yaqin soatlar ichida muzokaralar bo‘lib o‘tadi va transfer masalasi hal bo‘ladi. Belgiyalik futbolchini neapolliklar 30 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Lukaku o‘tgan mavsumni "Roma"da o‘tkazdi. Bundan oldin esa "Inter"da to‘p tepgan. "Napoli" hujumchining Italiyadagi 3-klubi bo‘ladi. 

Antonio Konte jamoani qabul qilib olganidan keyin rahbariyatdan yangi strayker talab qildi va u sobiq shogirdi Romeluni tanladi. Futbolchi bilan italiyalik mutaxassis "Inter"da birga ishladi. 

Antonio Conte Challenges Romelu Lukaku To Impr | beIN SPORTS

"Aristokratlar" o‘z vaqtida Lukakuni 105 million evroga Milan klubidan sotib olgandi. Bir mavsumdan keyin jamoa undan qutulishga harakat qilib qoldi va o‘z narxiga sota olgani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!