Lukaku "Al-Hilol"ning super taklifini rad etdi

  • 30 iyun, 2023, 07:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Romelu Lukaku “Al-Hilol”ning taklifini qabul qilmadi va Evropada qolishni istamoqda.

Tecno

"Sky Sports" xabariga ko‘ra, hujumchiga yiliga 50 million funt (58 million evrodan ortiq) maosh taklif qilingan, biroq belgiyalik bunga rozi bo‘lmagan.

Lukakuni ayni vaqtda ijara asosida o‘ynayotgan klubi "Inter" ham futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. "Chelsi" esa uni ijaraga berishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda. 

2022/23 yilgi mavsumda A Seriyada hujumchi 25 o‘yinda 10 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!