
Luis Suares bir oyog‘i bilan “Yuventus”da. U Ronaldu bilan birga hujum juftligi hosil qiladi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares tez orada "Yuventus" klubiga o‘tadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, urugvaylik forvard Turin superklubi bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Unga ko‘ra, bitim 2+1 ko‘rinishida bo‘ladi, Suaresning yillik maoshi esa 10 mln evroni tashkil etadi.
“Barsa” bilan shartnomani bekor qilish jarayoni cho‘zilmoqda. Shu bois transfer biroz kechikmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi, ammo shartnoma bandlariga ko‘ra agar hujumchi 2020/21 yilgi mavsumda jamoaning 60 foiz bahslarida qatnashsa, kelishuv o‘z-o‘zidan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Avvalroq, kataloniyaliklarning sngi bosh murabbiyi Kuman jamoadan ketishi kutilayotgan Suares va Vidalni jamoaviy mashg‘ulotlardan haydab yuborgandi.
Fikrlar