Luis Enrike shokda: “Barsa”ga qarshi 6 etakchi futbolchi o‘ynamaydi

  • 28 sentabr, 17:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” qit’a miqyosidagi eng nufuzli turniri yangi mavsumidagi muhim uchrashuvdan oldin qiyin ahvolga tushib qoldi.

Tecno

Frantsiya chempionatining navbatdagi turida “Oser”ga qarshi maydonga tushgan parijliklardan yarim himoyachi Vitinya va hujumkor futbolchi Xvicha Kvaratsxeliya jarohat oldi.

1 oktyabr kuni PSJ Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi ikkinchi turida Kataloniyada “Barselona” mehmoni bo‘lishi kerak.

Vitinya va Kvaratsxeliyadan tashqari, bosh murabbiy Luis Enrike yangi to‘rt nafar shogirdi xizmatidan foydalana olmaydi.   

Carrusel Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, “Oltin to‘p”ning yangi sohibi Usmon Dembele va Markinosning Kataloniyada maydonga tushmasligi hozirdan aniq.  Shuningdek, Fabian Ruis va Dezire Duening jamoaga yordam berishi katta so‘roq ostida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!