Luis Enrike Mbappe tufayli PSJdan ketishi aytilyapti

  • 4 avgust, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen”ni yangi mavsumga tayyorlayotgan bosh murabbiy Luis Enrike lavozimga tayinlanganidan keyin bir oy o‘tib, klubni tark etishi mumkin. Bu haqda bir necha nashrlar yozmoqda.

Tecno

Iyul oyining boshida ispaniyalik mutaxassis parijliklar bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.

Marca nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Luis Enrike klubda Kilian Mbappe atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda. Tajribali murabbiy ichki muhit buzilgani sababli PSJda ishlashni to‘xtatish haqda o‘ylay boshlagan.

Luis Enrike tartib-intizom va ichki muhit ko‘ngildagidek bo‘lmagan jamoa bilan yuksak natijalarni qo‘lga kiritib bo‘lmasligini yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!