
Luis Enrike haydayotgan futbolchini Mbappe olib qolmoqchi
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratining jamoadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Klub rahbariyati italiyalik futbolchining ketishini istayotgan edi.
Luis Enrike PSJga bosh murabbiy bo‘lganidan keyin 30 yoshli yarim himoyachining ishi yurishmay qoldi. Ispaniyalik mutaxassis Markoni o‘yinlar qaydnomasiga ham kiritmayapti.
Shunga qaramay, tarkib ishlariga aralashishni yaxshi ko‘radigan Kilian Mbappe bosh murabbiyga qarshi chiqqan holda, Verrattining jamoada qolishini ta’kidlamoqda.
Verrattining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Tajribali o‘yinchiga Evropadan taklif deyarli yo‘q. Unga Saudiya Arabistonining “Al-Arabi”, “Al-Ahli” va “Al-Hilol” kabi jamoalari qiziqish bildiryapti.
Fikrlar