
Luis Enrike: Hammangizni aldadim...
Frantsiya chempionatining 25-turida PSJ safar uchrashuvida “Renn” jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu g‘alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari navbatdagi chempionlikka yana bir qadam yaqinlashdi. Ayni paytda poytaxtliklar 65 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalida eng yaqin ta’qibchisi “Marsel”dan 16 ochkoga o‘zib ketgan.
Bellashuvdan keyin Luis Enrike asosiy e’tibori Chempionlar ligasi nimochrak finalida “Lierpul”ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yiniga qaratilganini tan oldi.
- “Renn”ga qarshi o‘yin oldidan “Liverpul” bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida o‘ylamayapman, deganimda, hammangizni aldagan edim. Buni o‘ylamay bo‘ladimi?
Men qur’a natijasi e’lon qilinganidan keyin har doim “Liverpul” haqida bosh qotiryapman. “Renn”ga qarshi yaxshi o‘ynadik. “Liverpul”ga qarshi bo‘ladigan bahsgacha mana shu jiddiy ishtiyoqimizni saqlab qolishimiz kerak, - dedi Luis Enrike.
Eslatib o‘tamiz, Parijda bo‘lgan birinchi uchrashuvda maydon egalari o‘yin bobida angliyaliklardan har tomonlama ustunlik qildi, biroq “Liverpul” bitta gol bilan g‘alabani ilib ketdi.
Endi javob bahsi 11 mart kuni “”Enfild” arenasida bo‘ladi.
Fikrlar