Luis Enrike “Barsa” yulduzini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

  • 7 oktabr, 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoa tarkibini mustahkamlash uchun yangi ijrochilar transferiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Tecno

Sport.es nashrining yozishicha, parijliklar “Barselona” himoyachisi Erik Garsiya atrofidagi vaziyatni kuzatib kelmoqda. 24 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan bitimi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike agar Erik Garsiya yanvargacha “Barselona” bilan yangi shartnoma  imzolamasa, uni o‘z jamoasiga olib o‘tishga harakat qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ispaniya chempioni o‘z himoyachisiga 2030 yilning yoziga davom etadigan kelishuv taklif qilmoqchi. Biroq Erik Garsiya bilan muzokara jarayoni cho‘zilib ketgani ko‘pchilikda shubha uyg‘otmoqda.

Erik Garsiyaning o‘zi Kataloniyada qolishga moyillik bildirgan. Biroq sport direktori Deku u bilan kelishuvni tez orada yangilamasa, Garsiyaga da’vogar klublar, xususan, PSJ uni ilib ketish imkoniga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Luis Enrike himoyachining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Erik Garsiya Ispaniya terma jamoasidagi debyutini aynan Luis Enrike qo‘l ostida nishonlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!