Luis Dias "Bavariya"da qancha maosh olishi ma’lum. Endi myunxenliklar "Liverpul"ni ko‘ndirishi kerak

  • 25 iyul, 16:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi Luis Dias transferi borasida taklifni yaxshiladi. 

Nemis grandi "Liverpul"ga 28 yoshli vingerning transferi uchun 67,5 million evrodan ko‘ra yaxshiroq taklif yuborgan. 

Jamoalar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Mersisaydliklar avvalroq futbolchini 67,5 million evroga sotishdan bosh tortgandi.

Shu bilan birga, Luis Dias allaqachon myunxenliklar bilan kelishuvga erishgan bo‘lib, unga ko‘ra futbolchining maoshi soliqlardan tashqari 14 million evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, u samaradorlik uchun qo‘shimcha bonuslar oladi. 

O‘tgan mavsumda, Dias APL doirasida 36 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!