Luis de la Fuente: "Yamal "Real"ga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi bo‘lmagan"

  • 13 noyabr, 15:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamalning "Real" haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 10-turidagi "El-klasiko" oldidan Yamal "Kings League" strimida madridliklar haqida: "ular doimo ayyorlik qiladi va shikoyat qiladi", – degan edi.

– Lamin Yamalning "Real" haqidagi gaplari hurmatsizlik emasmi?

– Men uchun hurmat – muhokamaga yaramaydigan tushuncha. Hurmat orqali biz har qanday narsani, jumladan munosabatlarni ham qurishimiz mumkin. So‘zlar bilan ehtiyotkor bo‘lish kerak, chunki ba’zan ular kontekstdan uzilib, aslidagidan ko‘ra kattaroq ma’no kasb etadi. Odamni xafa qilmaslik uchun ehtiyotkor bo‘lish zarur. Hurmatsizlik qilmasdan ham ko‘p narsani aytish mumkin.

Bu Lamin gaplari hurmatsizlik qilganini anglatmaydi, men bunga ishonmayman. Ehtimol, bu fikrni bildirish vaqtini to‘g‘ri tanlanmagan. Yana bir bor ta’kidlayman – kontekst, ovoz toni va vaziyat juda muhim. Ba’zan so‘zlar hazil sifatida aytiladi, lekin bu hazil hamma tomondan yaxshi qabul qilinmaydi, – dedi de la Fuente.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!