Luchano Spaletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiylik postini tark etadi

  • 8 iyun, 18:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti matbuot anjumanida Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriel Gravina uni lavozimidan ozod qilganini ma’lum qildi. 66 yoshli mutaxassis 9 iyun kuni Moldovaga qarshi bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvidan so‘ng jamoani tark etadi.

Tecno

"Biz kecha kechqurun gaplashdik va u meni terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan bo‘shatilishimni bildirdi. Juda afsusdaman, lekin taslim bo‘lish niyatim yo‘q. Ishlar yomon ketayotgan bo‘lsa ham, qolib, vazifamni bajarmoqchi edim. Biroq bu ishdan bo‘shatish va men buni qabul qilishim kerak. Men har doim o‘z mamlakatimga xizmat qilganman. Eng yaxshi echim topilishi kerak, men bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi", — dedi Spalletti.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Norvegiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Spalletti 2023 yil sentyabr oyidan beri terma jamoani boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!