Loris virusli xastalikka chalindi
“Tottenxem” jamoasi darvozaboni Ugo Loris “Sautgempton”ga qarshi APL 24-tur urchashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ma’lum qildi.
“Biz ozgina kutib, o‘yin oldidan Loris holatini kuzatishimiz kerak. U gripp yoki boshqa virusli xastalikka chalingan”, – dedi argentinalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Sautgempton” va “Tottenxem” o‘rtasidagi o‘yin 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar