Loris: Bu kabi gaplar futbol kishisiga umuman yarashmaydi

  • 10 yanvar, 2023, 13:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Ugo Loris Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grening Zinedin Zidan haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi.

Tecno

Le Gre avvalroq Zidanning qaerda ekanligi unga ahamiyat bermasligini aytgandi. Shuningdek, federatsiya prezidenti uni hech qachon terma jamoa bosh murabbiyligiga olib kelmasligini aytgandi.

"Le Grening bunday deyishiga nima sabab bo‘lganini bilmayman. Zidanga o‘xshab Frantsiya termasiga juda ko‘p nafi tekkan futbolchilar hurmatga loyiq. Desham va Zidan sportimizning ikki yirik afsonasi va bu kabi gaplar futbol kishisiga umuman yarashmaydi. Biz bo‘linib ketmasligimiz kerak, balki Frantsiya jamoasi atrofida birlashishimiz zarur", - dedi Loris "L'Equipe" nashriga bergan intervyusida. Xabaringiz bor, keyinchalik Le Gre 50 yoshli mutaxassisdan uzr so‘ragandi.

Avvalroq OAVda Zidan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Dide Deshamning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!