Londonning “Arsenal” klubi 21 yoshli futbolchisi favot etdi

  • 26 sentabr, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” tabiyalanuvchisi Billi Vigar 21 yoshida favot etdi. Bu haqida Angliya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Tecno

- Biz Billi Vigarning o‘limi munlsabati bilan chuqur qayg‘udamiz. Marhumning oila a’zolariga, do‘stlariga, “Chichester” klubi barcha xodimlariga mana shunday og‘ir damda chin dildan ta’ziya bildiramiz, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Bu mudhish vovea “Chichester Siti” va “Uingeyt end Finchli” jamoadari o‘rtasidagi uchrashuvning boshida yuz berdi. Vigar to‘pga sakraganidan keyin maydonga boshi bilan noqulay yiqildi. Uchrashuvning 15-daqiqada o‘yin to‘xtatildi, futbolchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va vertolyotda kasalxonaga jo‘natildi. Vigar komaga tushib qoldi va qaytib o‘ziga kelmadi.

Billi Vigar  “Arsenal” tizimida faoliyat yuritgan davrda turli 18 va 21 yoshdagi tarkiblarda o‘ttizga yaqin uchrashuvda maydonga tushib, o‘z iste’dodini namoyish qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!