
London klublari "Milan" hujumchisi uchun kurash boshlashdi
Londonning "Tottenxem" va "Vest Xem" klublari "Milan" forvardi Suso uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Calciomercarto nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 25 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 40 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Suso “Milan” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U bungacha "Jenoa", "Almeri" va "Liverpul" kabi jamoalarda ham o‘ynagan. Suso o‘tgan mavsum A Seriyaning 35ta uchrashuvida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar