"Lokomotiv"ning Madridda "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadigan o‘yinini kim boshqaradi?

  • 9 dekabr, 2019, 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan “Atletiko” hamda “Lokomotiv” jamoalari bellashuvini vengriyalik Viktor Kashshai boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirdi.

Tecno

Kashshaiga shu kuni qanotlarda hamyurtlari Giorgi Ring va Ventsel Totlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini esa Tomash Bongar bajaradi.

Video assistent referi (VAR) tizimida esa polshalik hakam - Shimon Marchinyak va uning assistenti Tomash Kvyatkovski ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” o‘tgan tur “Bayer”ga imkoniyatni boy bergach pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan edi. «Atletiko» - «Lokomotiv» uchrashui esa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!