"Lokomotiv"ning dastlabki 3 turdagi statistikasi. "Temiryo‘lchilar" 3 o‘yindagi raqiblari "Navbahor", AGMK va "Turon"dan nimasi bilan ustun?

  • 28 mart, 2021, 15:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda FIFA kunlari davom etmoqda. Bugungi kunda qadar esa Superligada 3 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, dastlabki 3 uchrashuvdan keyin xulosalar qanday?

Tecno

"Lokomotiv" uchun mavsum og‘ir boshlandi. 3 turda 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etildi. Ammo klub matbuot xizmati statistikalarda "Loko"ning ustunligini ko‘rish mumkinligi ma’lum qildi.

Masalan, AGMKga qarshi bahsda 56 foiz, "Navbahor" bilan o‘yinda 54 foiz, "Turon" raqiblik qilgan uchrashuvda 66 foiz vaqt davomida "temiryo‘lchilar" to‘pni o‘zida ushlab turgan. Bu esa o‘rtacha har bir uchrashuvga 58 foizni tashkil qiladi degani.

Shuningdek, zarba berishda ham natijalar yomon emas. Uchala bahsda portugaliyalik shogirdlari jami 21 marta aniq zarba yo‘llagan va shularning 11 tasi darvozaga aniq borgan.

Uch bahsda "Lokomotiv" futbolchilari 8 marta sariq kartochka oldi. Raqiblarda esa 7 sariq va 1 qizil kartochka mavjud.

"Lokomotiv" navbatdagi uchrashuvini 3 aprel kuni o‘z maydonida "Qizilqum"ga qarshi o‘tkazadi. Bahs "Lokomotiv" stadionida 16:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!