
"Lokomotiv" sardoriga Termizdagi o‘yinda nima yoqmadi?
Termizda bo‘lib o‘tgan “Surxon” hamda “Lokomotiv” (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar sardori Kaxi Maxaradze o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi:
- Biz yutadigan o‘yin edi. Lekin bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Natijada uchrashuv durang bilan yakunlandi. Maydonning holati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Juda yomon maydonda to‘p tepishga to‘g‘ri keldi.
Raqibga ham yaxshi baho berish kerak. Ular ham astoydil harakat qilishdi. Menimcha, durangdan “Surxon” qoniqdi, ammo biz emas. Hozir shamol yoki boshqa narsani bahona qilgandan foyda yo‘q. Asosiysi, g‘alaba qozona olmadik. Endi keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz, - dedi Maxaradze “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.
Fikrlar