
"Lokomotiv" "Neftchi"da o‘ynagan hujumchini qo‘lga kiritdi
«Lokomotiv» PFK iqtidorli yarim himoyachi Izzatilla Abdullaev bilan kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, Izzatilla Abdullaev 1996 yil, 16 yanvar kuni tug‘ilgan. U ham qanot yarim himoyasida, ham hujum chizig‘ida o‘ynay oladi.
Izzatilla professional faoliyatini «So‘g‘diyona», «Buxoro», «Neftchi» kabi klublarda o‘tkazgan. Yana bir muhim ma’lumot shuki, u 2012 yil Eronda bo‘lib o‘tgan U-16 Osiyo chempionatida Dilshod Nuraliev qo‘l ostida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Qolaversa, 2013 yil BAAda o‘tkazilgan U-17 jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
"Lokomotiv" matbuot xizmati.
Fikrlar