
"Lokomotiv" "Jahon Invest Plast" bilan shartnoma imzoladi
"Lokomotiv" PFK "Jahon Invest Plast" bilan homiylik shartnomasi imzoladi.
"O‘tgan mavsum Pro ligada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, yana Superligaga qaytgan "Lokomotiv" yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilmoqda.
O‘tgan bir necha kun jamoamizga qo‘shilgan futbolchilar haqida ma’lumot berdik. Bugun esa muxlislarimizga yana bir quvonchli xabarni taqdim etamiz. Bugun "Lokomotiv" PFK yirik tadbirkorlik sub’ekti "Jahon Invest Plast" (JIP) bilan titul homiylik shartnomasi imzoladi.
Ma’lumot uchun, ushbu kompaniya 2007 yildan o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarib kelmoqda. Bugun "Jahon Invest Plast" rahbariyati "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurib, klubimiz rahbariyati bilan uchrashdi.
O‘ylamizki, "Jahon Invest Plast" va "Lokomotiv" PFK o‘rtasidagi hamkorlik har ikki tomon uchun yangi imkoniyatlarni ochish yo‘lida uzoq muddat xizmat qiladi", - deb yozadi klub matbuot xizmati.
Fikrlar