"Lokomotiv" futbolchisi Bundesliga klubiga yo‘l olishi mumkin
"Shalke" Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vladislav Ignatevni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sport_Inside xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar 33 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha rus klubiga rasmiy taklif yuborgan. Ignatevning “temiryo‘lchilar” bilan amaldaga shartnomasi mavsum yakunlangach, o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli, “Shalke” yozda uni erkin agent sifatida tekinga safga qo‘shib olishi mumkin. Bundesliga klubi Vladislav bilan 1,5 yillik shartnoma imzolamoqchi.
Ignatev joriy mavsum “Lokomotiv” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar