"Lokomotiv" bilan durang o‘ynagan AGMK ta’tilga chiqdi

  • 31 oktabr, 2019, 22:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘FA va PFL O‘zbekiston milliy jamoasi manfaatini o‘ylab JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlardan oldin ertaroq yig‘ilish maqsadida chempionat taqvimiga o‘zgarish kiritdi.

Tecno

Unga ko‘ra, endilikda Superliganing 24-tur o‘yinlari rejadagidek 3-4 noyabr kunlari emas, balki noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin o‘tkaziladi. Orada esa Superliga jamoalari 23 noyabrga qadar rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishmaydi. Shu munosabat bilan AGMK jamoasi murabbiylar shtabi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yindan keyin futbolchilarga 1 haftalik ta’til berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda jamoa 7 noyabr kuni odatdagidek Qibrayda yig‘iladi hamda Superliganing 24-turi doirasidagi "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahsga taraddud ko‘radi. Unga qadar esa olmaliqliklar ikkita nazorat bellashuvida maydonda tushishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!