
"lokomotiv" matbuot anjumani va ochl uchrashuviga taklif etadi
Xabaringiz bor, 4 mart kuni “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazadi. “V” guruhida bahs olib boradigan “temiryo‘lchilar” birinchi turni BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazishadi.
Ertaga, 3 mart kuni mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot ajumani o‘tkaziladi. Bu tadbir soat 12:00da boshlanadi.
Ma’lumki, o‘tgan yil ham “Lokomotiv” OChLni aynan shu jamoaga qarshi boshlab 5:0 hisobida zafar quchgandi. 4 mart kuni TTZ “Lokomotiv” stadionida soat 16:00da boshlanadigan o‘yinga barchani chorlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" guruhda shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" va Qatarning "Al Rayyan" jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar