
"Lokomotiv" - OKMK ishtirokida 4 taymdan iborat o‘yin o‘tkazildi
Kecha, 11 iyun kuni “Lokomotiv” va OKMK o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Har ikki jamoa murabbiylari o‘zaro kelishib, futbolchilar 30 daqiqalik 4 ta taym futbol o‘ynashdi.
Dastlabki 60 daqiqa natijasiga ko‘ra, “Lokomotiv”ning asosiy jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gol muallifi: Ivan Bulatovich.
Keyingi 60 daqiqada “Loko”ning U-21 jamoasi maydonga tushib, OKMKning zaxira tarkibiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.
Fikrlar