
"Loko" legioneri terma jamoa safida gol urdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi legioneri Arslonmurot Amonov terma jamoasi safida gol urdi.
2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichida o‘rin olgan Shri-Lanka va Turkmaniston (0:2) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Mexmonlar tarkibida Amonov uchrashuvning 54-daqiqasida gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston terma jamoasi JChning saralash bosqichida "H" guruhidan joy olgan. 1-turdan so‘ng, KHDR termasi bilan birgalikda 3 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni band etib turishipti.
Fikrlar